Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida 17-maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida 17-maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 9-aprel kuni Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi 17-davrasi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jung Ki-xong rahbarlik qildi.
Tadbirda O‘zbekiston–Koreya munosabatlariga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi hamda yaqin istiqbol uchun hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Yaqin vaqtda turli daraja va formatlarda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari kun tartibiga kiritildi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida keng ko‘lamli ikki tomonlama kun tartibi bo‘yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yaqin muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.