Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika va biotexnologiya boʻyicha memorandum imzoladilar
Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika va biotexnologiya boʻyicha memorandum imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreyaga xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Koreyaning K-NBIRT (Korea National Biotech Research & Innovation Technology) tashkiloti o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashinuvi bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kadrlar salohiyatini oshirishni maqsad qiladi.
Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:
farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar almashinuvi;
o‘zbek va koreyalik mutaxassislar uchun o‘quv dasturlari va treninglar tashkil etish;
qo‘shma ilmiy loyihalar, texnologiya transferi va innovatsion ishlanmalarni joriy etish;
laboratoriya infratuzilmasini rivojlantirish va ilg‘or tajriba almashish.
Tomonlar ushbu Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga, kadrlar tayyorlash sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishiga hamda farmatsevtika va biotexnologiya tarmoqlarining innovatsion rivojiga xizmat qilishini taʼkidladilar.