Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Oʻzbekiston va KOICA taʼlim, tibbiyot va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi Ofisi rahbari Shin Myong Sop bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida KOICA bilan amalga oshirilayotgan joriy dasturlar ijrosi hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ta’lim, tibbiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi tizimini raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

KOICA ofisi rahbari agentlikning O‘zbekistondagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim rolini ta’kidladi hamda yangi yirik loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling