Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va KEXIM togʻ-kon sanoatida qoʻshma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va KEXIM togʻ-kon sanoatida qoʻshma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va KEXIM togʻ-kon sanoatida qoʻshma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 5-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Koreya Eksport-Import bankining (The Export-Import Bank of Korea – KEXIM) Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar strategik mineral xomashyo xalqaro ta’minot zanjirlari barqarorligini mustahkamlash maqsadida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash borasida fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling