Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha grant loyihasini ishga tushirdilar

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha grant loyihasini ishga tushirdilar

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha grant loyihasini ishga tushirdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Koreya Respublikasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norov, Suncheon Milliy universiteti faxriy professori Seungju Baek, shuningdek, “Korea Development Institute” (KDI) vakillari qatnashdilar.

Uchrashuvda KDI bilan hamkorlikda “Knowledge Sharing Program” (KSP) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish va venchur moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi grant loyihasi muhokama qilindi. 

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda startap muhitini yanada rivojlantirish, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, venchur moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda Koreyaning ilg‘or tajribasini mamlakat sharoitida joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tahliliy tadqiqotlar, normativ-huquqiy takliflar va institutsional rivojlanish yo‘nalishlari muhokama etildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur grant loyihasi O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni rivojlantirish va xalqaro tajribani joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdilar. Shundan so‘ng loyiha bo‘yicha istiqboldagi rejalar yuzasidan bitim imzolandi. 

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun koreyalik ekspertlar tomonidan o‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish, koreya tajribasi asosida innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va venchur moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling