Oʻzbekiston va Janubiy Koreya seysmik xavfsizlik boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya seysmik xavfsizlik boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya seysmik xavfsizlik boʻyicha memorandum imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya Respublikasining Yer va infratuzilma xavfsizligi bo‘yicha agentligi (KALIS) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, bino va inshootlar seysmik mustahkamligini ta’minlash, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish sohalarida tajriba almashish hamda ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etishga qaratilgan.

Hujjat doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, seminar va treninglar tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish belgilab olindi.

Tomonlar mazkur memorandum ikki tomon o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, qurilish sohasida, xususan, seysmika yo‘nalishida xavfsizlik va sifatni oshirish, shuningdek, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling