Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qoʻshma raqamli savdo platformasi loyihasini ishga tushirmoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qoʻshma raqamli savdo platformasi loyihasini ishga tushirmoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qoʻshma raqamli savdo platformasi loyihasini ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 4 fevral kuni Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasining MEDIWIX kompaniyasi direktori Changxyon Li ishtirokida qo‘shma raqamli savdo platformasi loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va MEDIWIX o‘rtasida onlayn savdo platformasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Muzokaralar davomida loyihani ishlab chiqish va joriy etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashkiliy hamda texnik masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda MES (ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli boshqarish tizimi) tizimi joriy etilgan korxonalar uchun SAP (korxonaning moliya, ombor, logistika va hisob-kitoblarini yagona tizimda boshqaruvchi korporativ dastur) tizimini integratsiya qilish va moslashtirish ishlari grant asosida amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Loyiha doirasidagi barcha xarajatlar Koreya tomoni tomonidan qoplanishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonning “Texno Sabel” hamda “Krember” shirinlik ishlab chiqaruvchi korxonalari loyihada ishtirok etishga taklif etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling