Oʻzbekiston va Janubiy Koreya investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi ishchi guruhning Seulga tashrifi doirasida 31-mart kuni Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari Pak Chun Sun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

KOICA agentligi rahbariyati bilan o‘tkazilgan alohida uchrashuvda 2028-yilga qadar mo‘ljallangan yangi Hamkorlik to‘g‘risida memorandumni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, Herald Group kompaniyasi bilan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida qo‘shma O‘zbekiston-Koreya biznes-forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

KIND, BOMI va KICOX kabi yetakchi kompaniyalar bilan kechgan muloqotlar chog‘ida sog‘liqni saqlash, aviatsiya, infratuzilma va shaharsozlik yo‘nalishlaridagi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston sanoat zonalarini boshqarishda Koreya tajribasini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling