Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlat xaridlarida sunʼiy intellektni birgalikda joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlat xaridlarida sunʼiy intellektni birgalikda joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlat xaridlarida sunʼiy intellektni birgalikda joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, vazir o‘rinbosari Gulnora Raximova hamda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi Abdulaziz Xaydarov ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, davlat xaridlari jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha koreyalik mutaxassislarni jalb etgan holda hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, moliya-g‘aznachilik sohasida SI yechimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ekspertlik hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratilib, koreyalik mutaxassislarni tajriba almashish va maslahat ko‘rsatish maqsadida jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash sohasidagi hamkorlikni ikki tomonlama sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etdi.

Shuningdek, sun’iy intellekt markazlarini tashkil etish hamda texnologik yo‘nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar innovatsion va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling