Oʻzbekiston va Jahon banki davlat tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar masʼullari, shuningdek, onlayn shaklda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shakllantirish va uni bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda makroiqtisodiy barqarorlik, demografik jarayonlar va mehnat bozori xususiyatlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, tibbiy sugʻurta tizimini joriy etishda iqtisodiy va ijtimoiy omillarning oʻzaro uygʻunligi masalalariga eʼtibor qaratildi.
Jahon banki vakillari sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish masalalariga toʻxtalar ekan, mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholi uchun moliyaviy himoya mexanizmlarini kengaytirish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida xarajatlar tarkibini muvozanatli shakllantirish va davlat ishtirokini izchil kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida sogʻliqni saqlash sugʻurtasining asosiy vazifalari — aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash ekani taʼkidlandi. Shu bilan birga, samarali tibbiy sugʻurta tizimini shakllantirish uchun moliyalashtirish yondashuvlari, qamrov doirasi va xizmatlar paketini aniqlash, shuningdek, shaffof toʻlov va axborot tizimlarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Jahon banki tomoni Oʻzbekiston hukumatining sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish boʻyicha qarashlari bilan yaqindan tanishishga, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shakllantirish jarayonida tahliliy va texnik koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanini bildirdi.Joriy yilning 22-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar masʼullari, shuningdek, onlayn shaklda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shakllantirish va uni bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda makroiqtisodiy barqarorlik, demografik jarayonlar va mehnat bozori xususiyatlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, tibbiy sugʻurta tizimini joriy etishda iqtisodiy va ijtimoiy omillarning oʻzaro uygʻunligi masalalariga eʼtibor qaratildi.
Jahon banki vakillari sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish masalalariga toʻxtalar ekan, mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholi uchun moliyaviy himoya mexanizmlarini kengaytirish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida xarajatlar tarkibini muvozanatli shakllantirish va davlat ishtirokini izchil kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida sogʻliqni saqlash sugʻurtasining asosiy vazifalari — aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash ekani taʼkidlandi. Shu bilan birga, samarali tibbiy sugʻurta tizimini shakllantirish uchun moliyalashtirish yondashuvlari, qamrov doirasi va xizmatlar paketini aniqlash, shuningdek, shaffof toʻlov va axborot tizimlarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Jahon banki tomoni Oʻzbekiston hukumatining sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish boʻyicha qarashlari bilan yaqindan tanishishga, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shakllantirish jarayonida tahliliy va texnik koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanini bildirdi.