Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Oʻzbekiston va Italiya yangi Toshkent aeroportini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya yangi Toshkent aeroportini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya yangi Toshkent aeroportini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev "Aeroporti di Roma" (ADR) bosh direktori Marko Tronkone bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Italiya tomoni Yevropaning yirik aeroportlarini, jumladan, Yevropaning yetakchi havo uzellaridan biri bo‘lgan "Rim Fyumichino"ni boshqarish va modernizatsiya qilish tajribasini taqdim etdi.

Muzokaralar davomida Toshkentning yangi aeroporti loyihasi doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi: strategik maslahat berish, xab modelini rivojlantirish, zamonaviy operatsion yechimlarni joriy etish va mavjud aeroport faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqishni davom ettirishga kelishib oldilar

"Aeroporti di Roma" - Rimning (Italiya) ikkita "Leonardo da Vinchi (Fyumichino)" xalqaro aeroporti va "Champino" aeroporti boshqaradigan yetakchi operatori. Kompaniya Mundys S.p.A. guruhiga kiradi va yuqori xizmat ko‘rsatish standartlari, raqamli yechimlar va barqaror rivojlanish tufayli Yevropadagi eng samarali aeroport operatorlaridan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling