Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Isroil ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Isroil Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Isroil munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni mustahkamlash, madaniyat, ta’lim va gumanitar yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.