Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Ispaniya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Oʻzbekiston va Ispaniya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Oʻzbekiston va Ispaniya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 3-fevral kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 8-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov hamda Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vazirining tashqi va global masalalar bo‘yicha davlat kotibi Diego Martines Belio rahbarlik qildi.

Siyosiy-diplomatik va parlamentlararo hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollari, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar turli darajalardagi faol aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’atlari hamda sanoatning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida mavjud salohiyatdan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar davomida joriy yilda rejalashtirilgan turli darajadagi tashriflar, qo‘shma tadbirlar, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes-forum hamda qator madaniy tadbirlarni o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yaqin muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling