Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston va Ispaniya qishloq xoʻjaligi uchun barqaror suv taʼminoti loyihalarini ishlab chiqmoqda

Oʻzbekiston va Ispaniya qishloq xoʻjaligi uchun barqaror suv taʼminoti loyihalarini ishlab chiqmoqda

Oʻzbekiston va Ispaniya qishloq xoʻjaligi uchun barqaror suv taʼminoti loyihalarini ishlab chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Ispaniyaning “Cox Water” kompaniyasi departament boshlig‘i Karreras Ignasio bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida agrar sohada hamkorlikni yanada kuchaytirish, yangi loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish hamda qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror va uzluksiz suv bilan ta’minlashga qaratilgan yirik loyiha — quduqlar, nasos stansiyalari, suvni tozalash inshootlari va saqlash havzalaridan iborat bo‘lgan suv ta’minoti stansiyalari klasterini qurish rejalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kompaniya tomonidan hozirgi kunda Navoiy viloyatida 3 239 gektar maydon uchun 14 ta, Buxoro viloyatida 2 670 gektar uchun 10 ta, Jizzax viloyatida 1 282 gektar uchun 6 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 16 580 gektar uchun 65 ta suv ta’minoti stansiyasini barpo etish ishlari rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalar suv resurslari tanqisligi kuchayib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi uchun barqaror suv ta’minotini yaratishga xizmat qiladi hamda hududlarda yer resurslaridan samarali foydalanish imkonini oshiradi.

Energiya tejamkor nasoslar va tozalash inshootlari esa xarajatlarni sezilarli qisqartiradi, bu esa qishloq xo‘jaligi klasterlarining investitsion jozibadorligini yanada kuchaytiradi.

Suhbat yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha texnik talablarga qat’iy rioya qilgan holda ishlash, infratuzilma yechimlarini mahalliy sharoitga moslashtirish hamda o‘zaro sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling