Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki 2026–2027 yillarga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki 2026–2027 yillarga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki 2026–2027 yillarga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Islom taraqqiyot bankining mintaqaviy markazi operatsiyalari menejeri Farid Ahmed Xan bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mazkur davrda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning tayyorgarlik darajasi, ularning texnik-iqtisodiy asoslari hamda amalga oshirish muddatlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar loyihalarni tezkor va samarali bosqichga olib chiqish, moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda natijadorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida ustuvor yo‘nalishlar — suv resurslarini samarali boshqarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Mavjud master-rejalar tahlil qilinib, ularni Islom taraqqiyot bankining uch yillik ish dasturiga kiritish mumkin bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling