Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Oʻzbekiston va Iroq ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Iroq ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Iroq ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Iroq investitsiya va biznes forumi doirasida Iroq ayol tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Muzokaralarda Iroq Tadbirkor ayollar kengashi raisi Satha Al-Zuhairi, “Ababeel Al-Saad Co for Auto Spare Parts” kompaniyasi bosh direktori Roa Raad Abdullatif, shuningdek “WAZ Cement Industries Co” bosh direktori Parvin Babaker Xama Agxa ishtirok etdilar.

Suhbat chog‘ida biznes muhitiga oid muhim masalalar, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, O‘zbekiston va Iroqda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, shuningdek elektrotexnika, avtosanoat, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqarish hamda boshqa iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kompaniyalarning yangi bozorlarga chiqishidagi amaliy to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling