Oʻzbekiston va Germaniya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Germaniya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev Germaniya tashqi savdo palatasining O‘zbekistondagi bosh direktori Malika Akramova hamda Germaniya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi direktori Noyobjon Ahmadjonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yangi nemis kompaniyalarini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 10-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uning doirasida Toshkentda o‘tkaziladigan “Germaniya iqtisodiyoti kunlari” tadbiriga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda o‘zaro ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,2 foizga o‘sib, 1 427,7 million dollarni tashkil etdi, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi esa 6,4 milliard dollarga yetdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 221 ta korxona faoliyat yuritmoqda.