Oʻzbekiston va Germaniya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, jumladan o‘zaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling