Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston va Germaniya dual taʼlim va malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Germaniya dual taʼlim va malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Germaniya dual taʼlim va malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyaning Saksoniya federal yerida joylashgan Sakson iqtisodiyoti taʼlim markazida BSW-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Malakali kadrlar — kelajakka birgalikda qarash” mavzusiga bag‘ishlanib, dual taʼlim, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Forumda Saksoniya Bosh vaziri Mixael Krechmer, O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais maslahatchisi Jamil Maksudi, shuningdek yirik biznes doiralari, taʼlim muassasalari va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehnat bozoridagi global chaqiriqlar, yosh mutaxassislar tayyorlashda xalqaro tajriba, dual taʼlim modelini takomillashtirish hamda kadrlar oqimini samarali boshqarish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Forumning muhim natijalaridan biri sifatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BSW o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan yangi memorandum imzolandi. Unga muvofiq, o‘zaro hamkorlik muddati uzaytirilib, keyingi uch yilni qamrab oladigan hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

Ushbu hujjat dual taʼlimni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Forumdan so‘ng BSW rahbariyati va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuvlar o‘tkazilib, qo‘shma loyihaning birinchi bosqichi natijalari sharhlandi va kelgusi bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

BSW-forum va uning doirasidagi uchrashuvlar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi strategik iqtisodiy va taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, dual taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling