Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Oʻzbekiston va Fransiyaning Groupe Huit kompaniyasi mintaqalarda barqaror shaharsozlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Fransiyaning Groupe Huit kompaniyasi mintaqalarda barqaror shaharsozlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Fransiyaning Groupe Huit kompaniyasi mintaqalarda barqaror shaharsozlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-dekabr kuni Jahon banki va Fransiyaning “Groupe Huit” kompaniyasining shaharsozlik mutaxassisi va loyihalar direktori Joss Giyom hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining shaharsozlikni rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassisi Muhammad Nada, Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari vakillari hamda boshqa mas’ul ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar hududlarni barqaror infratuzilmaviy rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi yondashuvdagi fazoviy va master rejalarni ishlab chiqish, aholi punktlari kengayishini ilmiy asosda boshqarish, zamonaviy infratuzilma yechimlarini tatbiq etish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda rejalashtirishda milliy yondashuv va mahalliy xususiyatlarni inobatga olish hamda ilg‘or va muvaffaqiyatli tajribalardan keng foydalanish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar shahar va tumanlar infratuzilmasini rejalashtirishda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilishi zarurligini ta’kidladi:

hududiy rivojlanishning strategik yo‘nalishlarini belgilash;

barqaror muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini shakllantirish;

yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish;

ekologik xavfsizlik talablari va yashil rivojlanish mexanizmlari asosida zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish;

zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or shaharsozlik metodologiyalaridan foydalanib Qamashi tumanida yangi aholi yashash hududini loyihalashtirish.

Shu bilan birga, muhokamalar davomida Joss Giyom tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun hududiy fazoviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida olib borilayotgan o‘rganishlar va boshlang‘ich natijalar, jumladan, hududlarning funksional joylashuvini aniqlash, qurilish amalga oshirilmaydigan (no-build zones) hududlarini belgilash, shaharlarning modernizatsiya qilinishi va mavjud infratuzilma doirasida oqilona o‘sishni rag‘batlantirish, shaharlarning modernizatsiya qilinishi va mavjud infratuzilma doirasida zichlashgan, oqilona o‘sishni rag‘batlantirish yuzasidan taklif va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga yetishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling