Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Fransiya qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Fransiya qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Fransiya qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk, shuningdek, Taraqqiyot uchun agronomik tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlik markazi — CIRADning yetakchi tadqiqotchilari M. Giban va M. Serri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xo‘jaligining bir qator ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, agrar sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi hamkorligining amaldagi loyihalari ko‘rib chiqilib, ularni kelgusida kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi tashabbuslar ikki davlat ilmiy salohiyatini birlashtirish, barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tajriba maydonlarini tashkil etish, agrar sohada innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Fransiyalik ekspertlar O‘zbekistonning agrar islohotlarini yuqori baholab, CIRAD ushbu jarayonda faol sheriklikka tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston–Fransiya agrar hamkorligini yangi mazmun bilan boyitish, yaqin yillarda qo‘shma loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling