Oʻzbekiston va Eron togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Eron togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, vazir maslahatchisi B. Normatov hamda boshqa mutasaddilar joriy yilning 21–25-dekabr kunlari mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron xalqaro muhandislik kompaniyasi (IRITEC) delegatsiyasi bilan uchrashdi, tadbirda Eron Islom Respublikasi Elchixonasining savdo maslahatchisi ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda IRITEC delegatsiyasiga mamlakatimizda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar sohaga investitsiyalarni jalb qilish, hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.