Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Oʻzbekiston va Eron investitsiya va texnologik hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Eron investitsiya va texnologik hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Eron investitsiya va texnologik hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahrida Eron Islom Respublikasi Mozandaron viloyati hokimi Mahdiy Yunusiy Rustamiy boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Eron biznes-forumi hamda B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Eron tomonidan 70 dan ortiq yetakchi kompaniyalar vakillari hamda 100 nafardan ziyod mahalliy tadbirkorlar, vazirlik va idoralar vakillari o‘zlarining turli yo‘nalishdagi ilg‘or taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdilar.

Uning ochilishida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov, Mozandaron viloyati hokimi Mahdiy Yunusiy Rustamiy, Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy hamda Eron Savdo-sanoat, konlar va qishloq xo‘jaligi palatasi boshqaruv kengashi aʼzosi Abdulla Muhojir so‘zga chiqdilar.

Forum doirasida ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da mustahkamlash, o‘zaro investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda texnologik kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston va Eron kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling