Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va EITI qazib olish sanoati shaffofligi boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va EITI qazib olish sanoati shaffofligi boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va EITI qazib olish sanoati shaffofligi boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova Qazib olish sanoatining shaffofligi tashabbusi (EITI) tashkiloti boshqaruvi raisi Helen Klark boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda,  xorij delegatsiyasi tomonidan tashkilot faoliyati, EITI standartlarini joriy qilish boshqichlari va afzalliklari haqida batafsil axborot berilib, O'zbekistonning EITIga a’zolik masalasi islohotlar davomiyligi doirasida maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.

Kon-geologiya vazirligi rahbariyati so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilgan islohotlar, xususan qonunchilik bazasini takomillashtirish, shaffoflik, investitsiya muhitini yaxshilash orqali investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilish, atrof-muhit, ijtimoiy va ekologiya (ESG) standartlarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.  

Tashrif dasturi doirasida EITI delegatsiya vakillari boshqa vazirlik va idoralar bilan  bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling