Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Dubayning QE2 akademiyasi turizm mutaxassislarini tayyorlashga kelishib oldi

Oʻzbekiston va Dubayning QE2 akademiyasi turizm mutaxassislarini tayyorlashga kelishib oldi

Oʻzbekiston va Dubayning QE2 akademiyasi turizm mutaxassislarini tayyorlashga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-dekabr kuni Dubay shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Amirliklarning “Queen Elizabeth II Hospitality” akademiyasiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashkilot Dubayning birinchi va yagona kasbiy tayyorgarlik akademiyasi bo‘lib, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlaydi.

“QE2 Academy” direktori Patrik Kudin kruiz laynerlar va mamlakatdagi mehmonxonalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Shuningdek, Akademiya Samarqand “Ipak yo‘li” universiteti, Toshkent Turizm kolleji va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv natijasida tomonlar Anglashuv memorandumi ishlab chiqishga va uni onlayn shaklda imzolashga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling