Oʻzbekiston va Dr. Reddy’s farmatsevtika taʼlimini rivojlantirishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Dr. Reddy’s farmatsevtika taʼlimini rivojlantirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 20 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va "Dr. Reddy‘s" kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar farmatsevtika sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Jumladan, o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi:
EuroGMP standartlari bo‘yicha o‘quv kurslari, treninglar va seminarlar o‘tkazish, shu orqali sohadagi mutaxassislarning malakasini tubdan oshirish;
Klinik tadqiqotlar yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, mashg‘ulotlar va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida bir qarorga keldilar.
Shuningdek, amaliy qadamlarni belgilab olish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida alohida yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.