Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Oʻzbekiston va BMT 2026–2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar

Oʻzbekiston va BMT 2026–2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar

Oʻzbekiston va BMT 2026–2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24-oktabr kuni Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari - Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Iqtisodiyot va moliya vaziri - Jamshid Qo‘chqorov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori - Sabine Mahl, hamkor mamlakatlar elchilari, BMT tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimlik organlari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilar BMTning dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda boʻylab inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha munosib platforma bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab, mamlakatimizda BMT bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Xususan, ishtirokchilar O‘zbekiston va BMT o‘rtasida barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish borasida hamkorlik natijasida BRM reytingida O‘zbekiston 19 pog‘onaga yuqorilaganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda BMT Bosh Kotibi Antonio Guterrish o‘rtasida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuv davomida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish maqsadida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishilganligi qayd etib o‘tildi.

BMT vakillari tomonidan mazkur sohada O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, BRMga erishish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir so‘ngida, 2030-yilga qadar BMT bilan hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilan beruvchi “2026–2030-yillarga moʻljallangan BMTning Barqaror rivojlanish boʻyicha hamkorlik dasturi” imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling