Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Belarus qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Belarus Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Yakovchis o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mavjud loyihalarni kengaytirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy texnologiyalar almashinuvi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Chorvachilikni rivojlantirish, sut va sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatini modernizatsiya qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida Bayonnoma imzolandi va kelishuvlarga muvofiq Belarusdan O‘zbekistonga go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish hajmlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, shuningdek o‘zaro muntazam maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling