Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo komissiyasi aʼzolari hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo komissiyasi aʼzolari hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo komissiyasi aʼzolari hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha komissiya aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, oliy va yuqori darajadagi kelishuvlar ijrosini taʼminlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun Komissiyaning muntazam yig‘ilishlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling