Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va BAA davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Oʻzbekiston va BAA davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Oʻzbekiston va BAA davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida Samarali boshqaruv tajribalarini almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Anglashuv memorandumini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi S. Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy imzoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling