Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Oʻzbekiston va Avstriya transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Avstriya transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Avstriya transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Avstriya Federal Iqtisodiyot, energetika va turizm vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha direktori Elizabet Vaysenbek boshchiligidagi Avstriya delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama etishdi. Xususan, avtomobil ko‘priklarini qurish, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga, shuningdek, Toshkent va Vena o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokara ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikning yuqori salohiyatini ta’kidlab, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi. Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish va belgilangan yo‘nalishlarda aniq tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling