Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Oʻzbekiston va Armaniston transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Armaniston transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Armaniston transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov va Armaniston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Georgiy Kocharyan o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l tashuvlarini faollashtirish, huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi ikki tomonlama Bitimni imzolash jarayonlarini jadallashtirish muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning “Shimol–Janub” xalqaro transport koridoriga qo‘shilishi masalasi yuzasidan fikr almashildi. Ushbu tashabbus mintaqada transport bog‘liqligini kuchaytirish, yangi logistika yo‘nalishlarini shakllantirish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tomonlar transport sohasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish, muntazam muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling