Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Oʻzbekiston va AQSh investitsiya va energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va AQSh investitsiya va energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va AQSh investitsiya va energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serxio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi investitsiyalar, sanoat, energetika va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari, shuningdek, joriy yil sentabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Laziz Kudratov erishilgan kelishuvlarni amaliyotda ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidladi va amerikalik kompaniyalarning tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, transport va axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlardagi investitsiya loyihalariga yuqori qiziqish bildirayotganini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuvda AQShda bo‘lib o‘tadigan “C5+1” sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.\ v B27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serxio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi investitsiyalar, sanoat, energetika va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari, shuningdek, joriy yil sentabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Laziz Kudratov erishilgan kelishuvlarni amaliyotda ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidladi va amerikalik kompaniyalarning tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, transport va axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlardagi investitsiya loyihalariga yuqori qiziqish bildirayotganini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuvda AQShda bo‘lib o‘tadigan “C5+1” sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling