Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston va Anuvu aviatsiya sohasida internet va multimedia xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Oʻzbekiston va Anuvu aviatsiya sohasida internet va multimedia xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Oʻzbekiston va Anuvu aviatsiya sohasida internet va multimedia xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShga amalga oshirilayotgan ish safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Anuvu kompaniyasining tijorat aviatsiyasi boʻyicha aloqa xizmatlari katta vitse-prezidenti Nensi Uolker bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning havo transporti sohasida internet va multimedia xizmatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar Anuvu tomonidan taklif etilgan past orbitadagi (LEO) yoʻldosh texnologiyalaridan foydalangan holda Uzbekistan Airways samolyotlarida parvoz vaqtida internet xizmatini joriy etish masalasini koʻrib chiqdilar.

Shuningdek, samolyot bortida kontent va multimedia xizmatlarini, jumladan, filmlar, seriallar va oʻyinlarni taqdim etish, mahalliy mutaxassislarni Anuvu texnologiyalariga oʻqitish hamda kontentni mahalliylashtirish – yaʼni, dublyaj, ovoz berish va oʻyinlarni moslashtirish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston aviatsiya sohasida internet va multimedia xizmatlarini kengaytirish, Anuvu texnologiyalarini joriy etish hamda mahalliy kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Anuvu kompaniyasi dunyo boʻylab yoʻlovchilarni bogʻlaydi va ularni koʻngilochar xizmatlar bilan taʼminlaydi. Ularning mukofotga sazovor kontent va aloqa yechimlari ishonchli, moslashuvchan hamda mijozlarning brendi va xizmat maqsadlariga mos tarzda ishlab chiqilgan. Kompaniya mavjud texnologiyalardan maksimal darajada foydalanib, kelajak imkoniyatlariga mos innovatsion yondashuvni amalga oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling