Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda Jamoatchilik diplomatiyasi bo’yicha AQSH Davlat kotibi o’rinbosari Sara B. Rojers o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar san’at, madaniyat va madaniy merosni asrash sohalarida O‘zbekiston–AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.

Suhbat davomida muzey va institutsional sheriklikni rivojlantirish, ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish, milliy sahna asarlarini xalqaro maydonlarda targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va muhofaza etish borasidagi hamkorlik, professional almashinuv dasturlarini kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvning muhim mavzularidan biri — AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan qo‘shma madaniy tadbirlarni tashkil etish masalasi bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniyat hamda madaniy meros sohasidagi besh yillik hamkorlik “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va imzolash, milliy filmlarni yetakchi Amerika platformalarida targ‘ib etish orqali O‘zbekiston kinematografiyasining xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling