Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston va Amazon Kuiper sunʼiy yoʻldosh internetini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Amazon Kuiper sunʼiy yoʻldosh internetini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Amazon Kuiper sunʼiy yoʻldosh internetini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida Amazon kompaniyasining Project Kuiper loyihasi bo‘yicha xalqaro iste’molchilar biznesi direktori Liza Skalpone bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda “Project Kuiper” tizimi xizmatlarini joriy etish, IT Park orqali raqamli ekotizimni rivojlantirish hamda yuqori tezlikdagi sputnik internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashabbus mamlakatda zamonaviy internet infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarning qamrovini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar “Amazon Kuiper” xizmatlarini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdilar.

Amazon Kuiper — amerikalik xususiy aerokosmik kompaniya bo‘lib, orbital internet tarmoqlari va sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Loyihaning asosiy maqsadi — aholini yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlash va global qoplam imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Avvalroq Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolanib hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling