“Oʻzbekiston temir yoʻllari” delegatsiyasi raqamli temir yoʻl texnologiyalarini oʻrganish uchun Xitoyga tashrifini yakunladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” delegatsiyasi raqamli temir yoʻl texnologiyalarini oʻrganish uchun Xitoyga tashrifini yakunladi“Oʻzbekiston temir yoʻllari” delegatsiyasi raqamli temir yoʻl texnologiyalarini oʻrganish uchun Xitoyga tashrifini yakunladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 31-yanvar – 6-fevral kunlari “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ vakillari Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrif buyurdi. Safar davomida delegatsiya Chengdu, Shenzhen va Dongguan shaharlarida Huawei kompaniyasi hamda yetakchi ilmiy markazlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrifning asosiy yo‘nalishlari:
- TMS (Transport Management System) laboratoriyasini ko‘zdan kechirish;
- Xitoy temir yo‘llari tajribasi bilan o‘rtoqlashish va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ uchun TMS talablari muhokamasi;
- Universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik masalalari.
- Huawei kompaniyasining fon Neyman ko‘rgazma zaliga tashrif;
- Yuqori darajadagi uchrashuvlar va memorandumlar imzolash;
- Huawei Cloud Planck ko‘rgazma zalida innovatsion yechimlar bilan tanishish.
- Huawei Smart Factory va Smart Campus laboratoriyalariga tashrif;
- Songshanhu ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sanyapo kadrlar tayyorlash markazida uchrashuvlar.
Safar yakunida UTY AJ vakillari Huawei kompaniyasi bilan temir yo‘l transportida raqamlashtirish, intellektual boshqaruv tizimlari va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston temir yo‘llarida raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonida muhim qadam bo‘lib, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.