Valyuta kurslari 27/01/2026
$1 – 12098.12
UZS – 0,11%
€1 – 14353.21
UZS – 1,2%
₽1 – 158.64
UZS – -0,42%
Qidirish
Oʻzbekiston Taʼlim vazirligida “yashil iqtisodiyot” uchun kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Taʼlim vazirligida “yashil iqtisodiyot” uchun kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Taʼlim vazirligida “yashil iqtisodiyot” uchun kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 26-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilayotgan “Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy taʼlim modernizatsiyasi” loyihasi doirasida muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazir oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov, Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatlar bilan ishlash boʻyicha rahbari Mirzo Iskandar Gulamov va bank vakillari ishtirok etdilar. 

Muzokaralar davomida “Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi konsepsiyasi, loyihani baholash boʻyicha hujjatni ishlab chiqish rejasi muhokama qilindi. Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

Loyiha doirasida Fargʻona va Buxoro davlat texnika universitetlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kasbiy taʼlim muassasalarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash, oʻqituvchilar malakasini oshirish, oʻquv dasturlarini yangilash, dual taʼlimni joriy etish hamda sanoat bilan taʼlim oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarni yashil iqtisodiyot talablariga mos zamonaviy kasbiy koʻnikmalar bilan taʼminlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishdan iborat. Shu bilan birga, taʼlim sifati yaxshilanishi, inklyuziv va gender tengligi tamoyillari qoʻllab-quvvatlanishi koʻzda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling