Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston Singapurda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada oʻzining sayyohlik salohiyatini namoyish etdi

Oʻzbekiston Singapurda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada oʻzining sayyohlik salohiyatini namoyish etdi

Oʻzbekiston Singapurda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada oʻzining sayyohlik salohiyatini namoyish etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Singapur shahrida O‘zbekistonning boy va rang-barang turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi “Road show” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Road show” doirasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan 30 ga yaqin turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari Singapurning 70 dan ortiq yetakchi turizm va servis kompaniyalari vakillari bilan B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, ziyorat, gastronomik, ekologik hamda tog‘ turizmi yo‘nalishlari haqida batafsil taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, xorijiy sayyohlar uchun qulay va xavfsiz sayohat muhitini yaratishga qaratilgan “Umra Plyus” loyihasi ham alohida tushuntirildi.

Mazkur loyiha doirasida sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, raqamli xizmatlarni joriy etish hamda xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar “Umra Plyus” loyihasining O‘zbekiston turizmini yanada jozibador va raqobatbardosh qilishdagi o‘rni yuqori baholandi. 

Bundan tashqari, “Tog‘ turizmi” dasturi doirasida yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy infratuzilma va yangi sayyohlik marshrutlari taqdim etildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma turpaketlar ishlab chiqish, sayyohlar oqimini oshirish hamda turizm sohasiga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur “Road show” tadbiri O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi nufuzini mustahkamlash, Singapur bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, yangi investitsiyaviy va biznes imkoniyatlarni ochishga xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling