Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Oʻzbekiston Senati Raisi Budapeshtda vengriyalik qahramonlar xotirasini yod etdi

Oʻzbekiston Senati Raisi Budapeshtda vengriyalik qahramonlar xotirasini yod etdi

Oʻzbekiston Senati Raisi Budapeshtda vengriyalik qahramonlar xotirasini yod etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Budapeshtdagi Qahramonlar maydonidagi Noma’lum askar yodgorligi poyiga gul qo‘ydi hamda Vengriya xalqining ozodlik uchun kurashgan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 Qahramonlar maydonida joylashgan ushbu yodgorlik katta toshli kenotafdan iborat bo‘lib, Vatan himoyachilarining mangu xotirasiga hurmat timsoli sifatida qad rostlagan. Yodgorlik “Venger xalqining ozodligi va milliy mustaqilligi uchun jonini fido qilgan qahramonlar shoniga” bag‘ishlangan. 

Mazkur yodgorlik dastlab 1929-yilda Birinchi jahon urushi qurbonlarini yod etish maqsadida o‘rnatilgan. Keyinchalik 1956-yilda haykaltarosh Beyla Gebxardt loyihasi asosida qayta tiklangan, 2001-yil 20-avgustda esa Andrash Silagiyai tomonidan yaratilgan hozirgi ko‘rinishda ochilgan.

Senat Raisi Faxriy mehmonlar kitobida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: “Vengriya xalqining erkinligi va milliy mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlarning porloq xotirasi oldida chuqur ta’zim bajo qilaman. Ularning mardligi, fidoyiligi va Vatan ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati nafaqat Vengriya tarixining, balki butun insoniyatning bebaho merosidir. Umumiy tarixiy xotira va do‘stlik rishtalari bizning xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi. Ushbu muqaddas maskanga tashrif buyurish biz uchun katta sharafdir.”

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling