Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
Oʻzbekiston Schlumberger bilan togʻ-kon sanoatini rivojlantirish va geologik maʼlumotlarni raqamlashtirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islomov, shuningdek, vazirlikning mas’ul xodimlari SLB (Schlumberger Limited) kompaniyasining Osiyo–Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Sherif Shodi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari, jumladan geologik ma’lumotlarni raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJni transformatsiya qilishda kompaniyaning ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, kompaniyaning 2026-yil sentabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “GEOMIN 2026” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va soha samaradorligini oshirishga qaratilgan istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling