Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoy suv texnologiyalarini oʻrganib chiqdi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoy suv texnologiyalarini oʻrganib chiqdi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoy suv texnologiyalarini oʻrganib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Qingyan Environmental Technology korxonasida bo‘lib, suvni tozalash va qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar bilan tanishdi.

Korxona kunlik 40 ming kub metr suvni tozalash quvvatiga ega inshootni ishlab chiqaradi. Bu tizim orqali tozalangan suvning 60 foizi qayta ishlab chiqarish jarayonlariga yo‘naltiriladi — yaʼni suv resurslari tejaladi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi.

Taʼkidlanishicha, inshoot Yevropa ekologik standartlariga to‘liq javob beradi, zamonaviy filtratsiya va qayta aylanish texnologiyalari bilan jihozlangan.

Uchrashuv doirasida suvni qayta ishlash texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik tadbirkorlik subyektlariga suvdan tejamkor foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish imkonini yaratadi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi. Guruh suvni qayta ishlash va tozalash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni O‘zbekiston korxonalarida joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling