Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi hibsga olish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladi
Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi hibsga olish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunchilik taklifini ko‘rib chiqdilar.
U bilan tergov hibsxonalarida ushlab turilgan va qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan normalarni takomillashtirish taklif etilmoqda.
Xususan, bayram kunlarida toza havoda qo‘shimcha sayr qilish hamda yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslardan kiyishga ruxsat etilgan kiyim-bosh va poyabzal olish huquqlarini berish, har oyda oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ruxsat etilgan pul miqdorini oshirishga oid normalarni kiritish taklif etilyapti.
Loyihaning qabul qilinishi qamoqqa olingan shaxslarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga, milliy qonunchilikni xalqaro tajribaga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Majlisda qonunchilik taklifi deputatlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qaror qabul qilindi.