Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari Koreyadagi organik dehqonchilik tajribasini oʻrgandilar

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari Koreyadagi organik dehqonchilik tajribasini oʻrgandilar

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari Koreyadagi organik dehqonchilik tajribasini oʻrgandilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbar xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat” soati tashkil etildi.

Unda Ekologik diplomatiya va global iqlim o‘zgarishlari sharoitida bio dehqonchilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘tkirbek Raximov “Koreyaning Jeonbuk xalqaro hamkorlik agentligi (JBICA) bilan hamkorlikda Jeonbuk shahrida o‘tkazilgan seminar yakunlarida o‘rganilgan ilg‘or tajribalar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Taqdimot davomida Jeonbuk tajribasi asosida bio dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish, organik o‘g‘itlar qo‘llash, suv tejovchi irrigatsiya usullari, tuproq unumdorligini tiklash va mahalliy fermerlar bilan davlat institutlari o‘rtasida hamkorlik mexanizmi kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy misollar keltirildi.

Shuningdek, Koreyada qo‘llanilayotgan raqamli monitoring tizimlari, bio mahsulotlar sertifikatsiyasi hamda bozor talabiga mos eksport mexanizmlari yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Xalqaro tajribadagi samarali usullar sharhlanib, ularni mahalliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish va mas’uliyatni oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning professional ko‘nikmalarini mustahkamlash va huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling