Valyuta kurslari 22/01/2026
$1 – 12122.07
UZS – 0,4%
€1 – 14187.67
UZS – 0,21%
₽1 – 156.39
UZS – 0,79%
Qidirish
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Orascom bilan shakar ishlab chiqarishga investitsiyalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Orascom bilan shakar ishlab chiqarishga investitsiyalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Orascom bilan shakar ishlab chiqarishga investitsiyalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Misr Arab Respublikasining yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — “Orascom Investment (Nile Sugar)” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Emad Farid bilan uchrashdi.

Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik agroinvestitsion loyihalardan biri — qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi. Tomonlar qand lavlagi yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash va shakar ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish zanjirini to‘liq shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Loyihaning belgilangan muddatlarda va yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilishi uchun keyingi bosqichlarda bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Loyiha doirasida yuzaga kelayotgan masalalar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar tinglandi. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini tezroq ishga tushirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda loyiha sur’atini jadallashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasini belgilangan rejalar asosida izchil amalga oshirish hamda loyiha doirasida bajariladigan keyingi ishlarni aniq reja asosida olib borishga kelishib oldilar.

“Orascom Investment Holding” kompaniyasi 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Misrning eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, qayta tiklanadigan energiya, axborot texnologiyalari hamda mehmonxonalar qurilishi kabi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling