Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
Oʻzbekiston Qirgʻizistondagi Oʻsh City majmuasi uchun elektr jihozlarini yetkazib beradi

Oʻzbekiston Qirgʻizistondagi Oʻsh City majmuasi uchun elektr jihozlarini yetkazib beradi

Oʻzbekiston Qirgʻizistondagi Oʻsh City majmuasi uchun elektr jihozlarini yetkazib beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘izistondagi “O‘sh City” majmuasi uchun O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

Qirg‘iz Respublikasida barpo etilayotgan “O‘sh City” zamonaviy majmuasi loyihasi doirasida investorlar “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari hamrohligida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kabel-sim mahsulotlari hamda boshqa turdagi elektrotexnika mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va korxonalarning eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, investorlar tomonidan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namunalar olinib, ularni texnik jihatdan o‘rganish ishlari boshlandi.

Mazkur tashrif yakunlariga ko‘ra, “O‘sh City” majmuasi qurilishi uchun zarur elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha buyurtmalar paketini shakllantirish hamda O‘zbekiston korxonalari tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlashga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling