Valyuta kurslari 22/01/2026
$1 – 12122.07
UZS – 0,4%
€1 – 14187.67
UZS – 0,21%
₽1 – 156.39
UZS – 0,79%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davosdagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ushbu yetakchi moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi barqaror strategik tusga ega. Oʻzbekiston YTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori boʻlib qolmoqda. Bankning investitsiyalari hajmi qariyb 7 milliard dollarga yetdi.

2025-yilda amaliyotlar, shu jumladan, xususiy sektorga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

YTTBning “yashil” energiyani rivojlantirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik dasturlarni amalga oshirish, moliya bozorini isloh qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi yuqori baholandi.

Joriy yil uchun hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, xususiy sektor va infratuzilmani rivojlantirish, temir yoʻl transportini raqamli transformatsiya qilish hamda boshqa masalalar belgilab olindi.

Ayollar va yoshlarni zamonaviy kasblar va biznesga oʻqitish boʻyicha dasturlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling