Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy bilan koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy bilan koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyanni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan koʻp qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshayotgani qayd etildi.
Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va "yashil" sanoatda qator loyihalar amalga oshirildi. Geologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Taʼlim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
1984-yilda tashkil etilgan markaz dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan madaniy, ilmiy va ma’rifiy aloqalar o‘rnatgan. Uchta xalqaro vakolatxonasi mavjud.
#Shavkat Mirziyoyev