Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemurani qabul qildi.

Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Elektr energiyasiga boʻlgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Koʻp tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yoʻlagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi boʻyicha tashabbuslar qoʻllab-quvvatlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling