Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, Parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Kun tartibidan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish hamda rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir doirasida “yashil iqtisodiyot” va barqaror taraqqiyot, oʻzaro bogʻliqlik va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash hamda inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Sammit yakunlari boʻyicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling